📰 AS: "Madrid"da Vinisius bilan bog'liq vaziyat xotirjam qabul qilinmoqda, chunki Diomande hujumning o'ng qanotida ham o'ynay oladi. Mourinyu braziliyalik futbolchini chap qanotda, ivuarlik futbolchini esa o'ng qanotda sinab ko'rishi mumkin.
Vinisius ham yuzaga kelgan vaziyatdan xavotirda emas. Klub vingerni eng muhim aktiv deb hisoblaydi va unga o'zining eng yaxshi sport formasiga qaytishiga yordam berish niyatida.
📰 El Mundo: So'nggi haftalarda Vinisius avvalgi darajasiga qaytish uchun mini-mavsumoldi tayyorgarligini o'tkazmoqda. U har qachongidan ham ko'proq mehnat qilmoqda.
Mourinyuning rejasi — braziliyalik futbolchining Primeradagi diskvalifikatsiyasi yakunlanganidan so'ng Diomandeni o'ng qanot hujumchisi sifatida maydonga tushirish.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!