RMC Sport xabariga ko'ra, Bradley Barkolya transferi uchun 100-120 million yevro miqdorida baho berilmoqda. Bu avvalgi 170 million yevrolik bahodan ancha past.
Florian Virts «Bayer»dan «Liverpul»ga 125 million yevro evaziga o'tgan edi. Fransiya terma jamoasi safida sakkizta o'yin o'tkazgan Ugo Ekitike esa «Enfild»ga 95 million yevro evaziga kelib qo'shildi. Agar ushbu ro'yxatga 100-120 million yevroga baholanayotgan Barkolya ham qo'shilsa, «Liverpul» ikki mavsum ichida to'rtta hujumkor futbolchi uchun sarflagan mablag'i 500 million yevroga yaqinlashishi mumkin.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!