🖥 The Athletic (Kortegana) xabariga ko'ra, "Real Madrid" Rodri transferi ustida ishlashda davom etmoqda. 30 yoshli tayanch yarim himoyachisining shaxsiy shartnoma shartlari klub uchun muammo tug'dirmaydi. Biroq, "Madrid" hali "Manchester Siti" bilan kelishuv summasi bo'yicha muzokaralarni yakunlagani yo'q.
📰 AS ma'lumotiga ko'ra, Rodri "PSJ", "Bavariya" va "Barselona"ga aynan "Real Madrid"ga o'tish istagi borligini ma'lum qilgan.
📻 Valentin (Radio Marca jurnalisti): "Rodri "Manchester Siti"ga "Madrid"ga qo'shilish istagi borligini aytdi. "Shaharliklar"ning sardor uchun kurashga boshqa klublarni jalb qilish rejasi barbod bo'ldi. Shu sababli, "qaymoqranglilar" Rodrining xaridini deyarli hal qilingan bitim deb hisoblashmoqda. Hozir "Madrid"da "Manchester Siti"ning Buaddi bilan shartnoma imzolashini kutishmoqda. "Real Madrid" Rodri transferini 65-75 million yevro evaziga yakunlashi kutilmoqda".
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!