Savio:
«Tottenxem»da hamma narsa bor. U yerda dunyodagi eng yaxshi murabbiylardan biri, dunyodagi eng yaxshi mashg'ulot bazasi va eng yaxshi stadion mavjud. «Tottenxem»ga qarshi o'yinlar uchun kelganimda, doimo vakillarim bilan ushbu klub haqida gaplashardim. Klub menga qiziqish bildirayotganini aytishganda, juda xursand bo'ldim».
Savio — klubga o'tishidan oldin Roberto De Dzerbi bilan bo'lgan suhbatlar haqida:
«U meni keyingi bosqichga olib chiqishga yordam bermoqchi ekanligini aytdi. O'ylaymanki, murabbiy senga qo'ng'iroq qilib, shunday desa, borishing kerak!
U menga qo'ng'iroq qilganida, «Voy, men haqiqatan ham u yerga borishim kerak», deb o'yladim, chunki har qanday murabbiy ham bunday qilmaydi».
Roberto De Dzerbi Savinoni «Brayton»da ishlagan vaqtidayoq qo'lga kiritmoqchi bo'lganini aytdi, shuningdek, uni yakkama-yakka vaziyatlardagi dunyoning eng yaxshi o'yinchilaridan biri deb atadi:
«Savinodan juda xursandman, chunki uni «Brayton»dagi ikkinchi mavsumimdayoq xohlagandim. 2022/23 yilgi mavsumda u bilan gaplashganman va uni anchadan beri bilaman».
Roberto De Dzerbi Savio hujumlarni yakunlashni yaxshilashi kerakligini tan oldi, shuningdek, u «Tottenxem»ning vinger pozitsiyasi uchun asosiy maqsadi bo'lganini aytdi:
«U hujumlarni yakunlashni yaxshilashi kerak, chunki top-darajadagi o'yinchi bo'lish uchun u ushbu komponentda o'sishi lozim. Ammo biz uchun bu ajoyib xarid.
U ushbu pozitsiya uchun «A» rejasi edi va uni tarkibimizga qo'shib olganimizdan juda mamnunman».
Pep Gvardiola o'z vaqtida Savino haqida shunday degandi:
«Bunday yoshda yakkama-yakka vaziyatlarda u to'xtatib bo'lmas darajada».
«Qachonki biz hujumni yakunlash bosqichini mukammallashtirsak, u eng yuqori, eng yuqori darajadagi o'yinchiga aylanadi».
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!