The Athletic: Xabi Alonso'ning «Chelsi»dagi mashg'ulotlari haqida tafsilotlar
Breakeven’s | Челси ↗ ●●●●○ Umumiy 👁 14

The Athletic: Xabi Alonso'ning «Chelsi»dagi mashg'ulotlari haqida tafsilotlar

The Athletic nashri jurnalisti Saymon Jonson «Chelsi»ning mavsumoldi turnesi haqida maqola e'lon qildi. Unda murabbiy Xabi Alonso bilan bog'liq qiziqarli jihatlar keltirib o'tilgan:

🔹 Futbolchilar Xabi Alonsoning to'p bilan ishlash uslubidan hayratda qolishgan. Jamoa ichida ispaniyalik mutaxassisning mashg'ulotlardagi yondashuvi «yo'l harakatini boshqarish»ga qiyoslanmoqda.

🔹 Turneda qatnashgan bir nechta futbolchiga yaqin manbalarning ta'kidlashicha, mashg'ulotlarda Alonso «A» va «B» tarkiblarini ajratib qo'ygandek taassurot qoldirgan. Bu holat «B» tarkib a'zolarida murabbiyning rejalariga kirmayotganliklari borasida xavotir uyg'otgan. «Chelsi» klubi esa bunday bo'linish bo'lganini rad etmoqda.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!