Kurtua: "Aynan Mbappe "Oltin to'p"ni yutishi kerak"
"Madrid" darvozaboni bilan intervyu
"Kim "Oltin to'p"ni olishi kerak? Mbappe. Bu yil individual darajada undan yaxshirog'i bo'lmadi. Ammo, afsuski, biz hech qanday sovrin yutmadik. O'ylaymanki, Yamal JCH-2026da Mbappega qaraganda yomonroq harakat qildi. Ammo Lamin, Kilian'dan farqli o'laroq, Mundial va La Ligani yutdi hamda umuman olganda yaxshi mavsum o'tkazdi".
"Madrid" bilan shartnomani uzaytirish masalasi? Hozircha yakuniy kelishuv yo'q. Aslida, masala yaqin orada hal bo'lishi kerak. Hech qanday muammo yo'q. Shunchaki agentim va otam shartnomaning oxirgi detallarini muhokama qilishlari uchun vaqt topishimiz kerak".
Mbappe'ning "diktator" laqabi haqida? Biz kiyinish xonasida bu ustidan doim kulamiz, hatto bu qo'shiqni kuylaymiz. O'ylaymanki, Kilian'ga ham bu laqab kulgili tuyuladi".
"Vinisius o'rniga qiyofadoshi o'ynayotgani haqidagi fitna nazariyalari? Albatta, bu yolg'on. Biz bilan haqiqiy Vinisius. Odamlar shunchaki uning tashqi ko'rinishini o'zgartirish uchun Photoshop'dan foydalanishadi, so'ngra ijtimoiy tarmoqlarda virusga aylangan nazariyalarni tarqatishadi".
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!