Tibo Kurtua: «Oltin to'p»ni Mbappe olishi kerak»
ZZoneRM ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 11

Tibo Kurtua: «Oltin to'p»ni Mbappe olishi kerak»

Tibo Kurtua: «Menga Rafinya juda yoqadi»

«Madrid» darvozaboni bilan intervyu

«Kim «Oltin to'p»ni yutishi kerak? Mbappe. Sovrin eng ko'p sovrin yutgan futbolchiga emas, balki yilning eng yaxshi futbolchisiga berilishi kerak. Agar Kilian qanday o'ynayotganini, nimalar qilayotganini ko'rsangiz... Men «Madrid» va Belgiya terma jamoasi futbolchilari bilan gaplashdim, barchasi Mbappe o'z tezligi evaziga raqiblarini xuddi ular yo'qdek ortda qoldirayotganidan hayratda. Qolaversa, u ko'plab gollar urmoqda».
«10 yoshimda futbolchilik faoliyatimni deyarli yakunlayozgandim. Murabbiy bilan yomon tajribaga ega bo'lganim uchun voleybolga o'tib ketishimga sal qolgandi. Bolaligimda himoya qanotida o'ynardim, ammo menda yaxshi reflekslar bor edi, shuning uchun yakunda darvozabon bo'lishga qaror qildim. Darvozada o'ynash menga ko'proq yoqardi. Bolaligimda «Bernabeu»ni ko'rganimda, bir kun kelib «Madrid»da o'ynashni orzu qilardim. Orzular ushaladi! Hali ham «Madrid»da ekanligimga ishonch hosil qilish uchun o'zimni chimchilab qo'yaman».
«Van Bommel bilan gaplashdim va Belgiya terma jamoasi safida Millatlar ligasi-26/27da o'ynashni istamasligimni aytdim, chunki bu turnir tarkib bilan tajriba o'tkazish imkoniyati, menga esa «Madrid» bilan muhim o'yinlar kutib turibdi. U qarorimni tushundi. Milliy jamoada o'ynash menga yoqadi, ammo o'z sog'lig'imga e'tibor berishim kerak, chunki barchasi uchun «Madrid»dan qarzdorman. Sog'lig'imga juda ehtiyotkorona yondashaman, lekin jarohatlar yuz berishi mumkin. «Madrid» uchun a'lo formada bo'lishni istayman. Bu klubga bo'lgan hurmat belgisi».
«Mourinyo avvalgiga qaraganda xotirjamroq bo'lib qolgan, ammo baribir futbolchilarga katta bosim o'tkazadi. U hamon o'z fikrini to'g'ridan-to'g'ri va ochiq aytadi. Mourinyo xuddi futbolchilarning terisi ostiga kirib olgandek. U qayerga zarba berishni biladi. U g'olib murabbiy. Ammo futbol aynan shunday bo'lishi kerak. Mourinyo — ajoyib murabbiy, uni «Chelsi»dagi davridan shunday bilaman. Yillar barchamizni o'zgartiradi. Masalan, avvallari meni bezovta qilmaydigan narsalar uchun ko'p asabiylashardim».
«Qirol kubogi-24/25 finalida yomon pas berdim, shundan so'ng «Barselona» gol urdi. Bu mening xatoim, xatolarni tan olish kerak. Men va boshqalar xatoimni ko'rdik. Media makonida narsalarni o'z nomi bilan atashga va o'z nuqtai nazarimni bildirishga o'rganganman. Bor haqiqatni aytishga harakat qilaman. Xato qilganimda buni birinchi bo'lib o'zim tan olaman. O'zingga nisbatan halol bo'lish kerak».
«Biz sovrinlar yutishga chanqoqmiz. «Madrid»ning talablari shunday. «Madrid»ga o'tganingda, maqsading Chempionlar ligasida g'alaba qozonish bo'ladi. Ammo buni oddiy hol deb qabul qilib bo'lmaydi. Mbappega qarang: Chempionlar ligasini yutish oson emas. Har qalay, bu mavsum «Madrid» uchun o'zgarishlar yili bo'lishiga ishonaman, chunki ko'p narsa o'zgarayotganini ko'ryapman va biz buning ustida astoydil ishlayapmiz».
«Biz «Atletiko»ga hakamlik tufayli yutqazmadik. O'z aybimiz bilan mag'lub bo'ldik. Biz sifatliroq futbol namoyish etishimiz kerak. Shu bilan birga, hakamlik va VAR ishi yaxshilanishiga umid qilaman. O'tgan derbi ularning ishi uchun eng yaxshi namuna emas. «Madrid»ga qarshi yashirin fitna bor deb o'ylamayman. Ammo men tushunmaydigan ba'zi narsalar bor. «Negreyra ishi» juda jiddiy. Barchasi ushbu ish bo'yicha yakuniy qarorni kutmoqda. «Manchester Siti»ning moliyaviy feyr-pley qoidalarini ko'p marta buzganini tan olishi, aslida, turnirlarni soxtalashtirishdir. Balki, agar «Siti» qoidalarni buzmaganida, klub o'zi imzolagan futbolchilarni sotib ololmasdi».
«Menga Rafinya juda yoqadi. Balki uni yetarlicha baholashmas, chunki u ko'p gol uradi va «Barselona» uchun juda muhim. Shuning uchun «El-klasiko»da (25.10, 23:00 msk) Rafinyani to'xtatishning biror yo'lini topishimiz kerak».
«Darvozabonlar o'rtasidagi munosabatlar — bu muqaddas narsa. Ilgari Kasilasning o'yinini kuzatish menga juda yoqardi».
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!