Tibo Kurtua: «Real Madrid»da maqsad — Chempionlar ligasida g'alaba qozonish»
Real Madrid CF ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 9

Tibo Kurtua: «Real Madrid»da maqsad — Chempionlar ligasida g'alaba qozonish»

Tibo Kurtuaning kichik intervyusi:

Joze Mourinyu haqida:

Hozir u xotirjamroq bo'lib qolgan. U maydonda va muloqotda hamon talabchan, juda ochiq-oydin gapiradi. Bu o'sha men «Chelsi»da tanigan Mourinyu, ammo yillar barchamizni o'zgartiradi. Men ham ilgari meni hozir tashvishlantirmaydigan narsalar uchun jahlim chiqardi.

«Real» va Chempionlar ligasi haqida:

«Real»ga o'tganingizda, maqsadingiz — Chempionlar ligasini yutish. Ammo buni oddiy hol deb qabul qilib bo'lmaydi. Mbappega qarang. Bu oson emas.

Joriy mavsum haqida:

Ishonamanki, bu yil «Real» uchun o'zgarishlar yili bo'ladi. Men ko'p narsa o'zgarayotganini ko'ryapman va biz buning ustida astoydil ishlayapmiz.

O'zining jismoniy holati haqida:

Sog'lig'imni juda diqqat bilan kuzatib boraman, ammo jarohatlardan hech kim sug'urtalanmagan. Terma jamoada o'ynashni yaxshi ko'raman, lekin o'zimni asrashim kerak, chunki barcha narsam uchun «Real»dan qarzdorman.

«Manchester Siti» bilan bog'liq vaziyat haqida:

«Man Siti» qilgan ish, mohiyatan, musobaqa qoidalarini manipulyatsiya qilishdir. Balki ular shunday yo'l tutmaganlarida, o'zlari qo'lga kiritgan futbolchilarni sotib ololmasmidilar.

Rafinya haqida:

Rafinya menga juda yoqadi. Balki uni yetarlicha baholashmas. U ko'p gol uradi, o'z jamoasi uchun juda muhim. Kelasi oyda uni to'xtatishimizga to'g'ri keladi.
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!