Adarabioyo – «Tottenxem»da
«Tottenxem» 28 yoshli angliyalik himoyachi Tosin Adarabioyoni «Chelsi»dan 8.2 million yevro (7 million funt) evaziga, shuningdek, bonuslar sharti bilan o'z safiga qo'shib oldi.
Pul hisob-kitobi:
● «Chelsi» Tosinni 2024-yil yozida «Fulxem»dan erkin agent sifatida 4 yillik shartnoma bilan olib kelgandi. Balansda transfer qiymati yo'q, demak, barcha 8.2 million yevro sof foyda hisoblanadi.
● Shuningdek, Tosinning 9.1 million yevrolik maoshi ham xarajatlar ro'yxatidan chiqib ketadi.
● «Tottenxem» uchun transfer yiliga 1.6 million yevroga tushadi (besh yoki undan ortiq yillik shartnoma bo'lsa), bunga maosh ham qo'shiladi.
👍 «Chelsi»dan navbatdagi ustalik. Tekinga olishdi, tarkibdagi bo'shliqlarni to'ldirishdi va foyda bilan sotib yuborishdi. «Tottenxem» esa Danso ketganidan so'ng, APLda qariyb 120 ta o'yin o'tkazgan tayyor himoyachini arzon narxda qo'lga kiritdi – Tosin rotatsiya uchun van Xekke, Senesi va van de Ven safiga qo'shiladi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!