Tosin Adarabioyo «Chelsi» bilan xayrlashdi
Tosin Adarabioyo «Chelsi»dagi ikki yillik faoliyatidan so'ng jamoa bilan xayrlashdi va klub xodimlariga minnatdorchilik bildirdi.
Tosin «Chelsi» bilan xayrlashdi:
2 ta sovrin, 2 ta unutilmas yil.
Rahmat jamoadoshlarimga, xodimlarga va muxlislarga biz birga baham ko'rgan barcha lahzalar uchun. Faoliyatim davomida uchratgan eng halol va mehnatkash jamoalardan biri bilan yonma-yon ishlash sharafiga muyassar bo'ldim.
Parda ortida qolgan barchaga alohida rahmat. Stadion va mashg'ulot bazasidagi insonlar, sizlar o'yinchilarga muvaffaqiyatga erishish uchun eng yaxshi imkoniyatlarni yaratish yo'lida bor kuchingizni berasiz. Bu medallar sizlarga ham tegishli.
Men uchun bu katta sharaf edi. Barchangizga eng yaxshi tilaklarimni bildiraman.
Amaki 💙