Valentin Barko «Chelsi» futbolchisi sifatida ilk intervyusini berdi
Breakeven’s | Челси ↗ ●●●●● Matbuot 👁 6

Valentin Barko «Chelsi» futbolchisi sifatida ilk intervyusini berdi

Valentin Barkoning «Chelsi» futbolchisi sifatidagi ilk intervyusidan eng muhim fikrlar:

O'yin uslubi haqida:

Men texnik futbolchiman. To'p bilan ishlashni, uni tez-tez qabul qilib, o'yin sur'atini nazorat qilishni yaxshi ko'raman. Yaxshi paslar bera olaman, lekin eng muhimi – maydonda jamoadoshlarim uchun bor kuchimni beraman.

«Chelsi» futbolchilari bilan suhbat haqida:

Enso [Fernandes] bilan gaplashdim, yana Andrey Santos bilan ham. Uni «Strasbur»dan bilaman. Ular «Chelsi» ajoyib klub ekanligini aytishdi.

Pozitsiya o'zgarishi haqida:

O'ylaymanki, bu hayotimni o'zgartirdi. Men yana muntazam o'ynay boshladim, jamoa uchun muhim futbolchiga aylandim, terma jamoaga qaytdim, jahon chempionatiga bordim, endi esa APLga qaytdim. Markazda o'ynash menga juda qulay. Sen doimo to'p bilan ishlaysan, o'yinni nazorat qilasan va uning sur'atini belgilaysan.

«Strasbur»dagi o'tgan mavsum haqida:

Liga 1 – juda intensiv chempionat. Deyarli barcha jamoalar shaxsiy pressing qo'llaydi, shuning uchun doimo tayyor bo'lish kerak. Deyarli har bir o'yinda maydonga tushganda, asta-sekin bunday yuklamalarga o'rganib qolasan. Bu menga APLga qaytishga tayyorlanishimda yordam berdi.

Asosiy sifatlari haqida:

Paslar, intensivlik va texnika.

Futboldan tashqaridagi hayot haqida:

Padel o'ynashni juda yaxshi ko'raman. Qolgan vaqtimda esa oilam bilan ko'proq vaqt o'tkazishga harakat qilaman.
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!