Valentin: Vinisiusning formasi pasayishi klub uchun muammoga aylandi
ZZoneRM ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 37

Valentin: Vinisiusning formasi pasayishi klub uchun muammoga aylandi

📻 Valentin (Radio Marca jurnalisti, "Madrid" sosiysi): "Vinisiusning yomon formasi barcha tomonlar uchun muammo:

⚪Vinisiusda ikki tomonlama muammo bor: uning o'z o'yin darajasi va Diomande darajasi. Ilk bor unda "Madrid" asosiy tarkibida o'rin uchun haqiqiy raqobatchi paydo bo'ldi;

⚪Mourinyuga murakkab vazifani hal qilishga to'g'ri kelmoqda. Uning ixtiyorida jamoaga foyda keltirmayotgan, zaxirada qolish va almashtirilishni og'ir qabul qiladigan, ammo shu bilan birga klub prezidentining erkatoyi bo'lgan futbolchi bor;

⚪Peres Vinisius bilan shartnomani 2032-yilga qadar uzaytirishga va unga mavsumiga taxminan 25 million yevro to'lashga qaror qildi. "Madrid" prezidenti har hafta transfer qiymati pasayib borayotgan futbolchiga ulkan tikish qildi"
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!