Vinisius Junior shartnomasini uzaytirishi mumkin
ZZoneRM ↗ ●●●●○ Transfer 👁 11

Vinisius Junior shartnomasini uzaytirishi mumkin

📻 Cadena SER xabariga ko'ra, Madrid klubi Vinisius kelasi yozda yakuniga yetadigan shartnomasini uzaytirishiga ishonmoqda. Joze Mourinyu ham 26 yoshli braziliyalik futbolchi jamoada qolishiga umid qilmoqda.

Bundan tashqari, murabbiy Alonso va Arbeloa uddalay olmagan ishni, ya'ni Kilian Mbappe va Vinisius bog'lamasidan samarali foydalanishni amalga oshira olishiga ishonadi.

💻 UOL Esporte ma'lumotiga ko'ra, Arsenal Vinisiusga katta taklif bilan chiqqan:

Yiliga 24 million yevro miqdorida qat'iy maosh;
Imij huquqlarining 100 foizi.

Shu sababli Real Madrid kecha braziliyalik futbolchining vakillari bilan shoshilinch uchrashuv tashkil qildi va klub o'z taklifini yana bir bor yaxshiladi. Madridliklar kanonirlarning Vinisiusga bo'lgan qiziqishi qanchalik jiddiy ekanligini yaxshi anglab turibdi.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!