James Hokery xabariga ko'ra, «West Ham» «Arsenal» bilan Riss Nelsonning doimiy transferi bo'yicha kelishuvga erishdi. Tomonlar transfer summasi va shaxsiy shartlar borasida kelishib olishgan.
«West Ham» bitimni yakunlashni biroz ortga surib turibdi. Klub ayni damda boshqa maqsadlarni ham ko'rib chiqmoqda. Ular kuzatuv ostiga olgan o'yinchilar qatorida Xarvi Elliott va Amario Kozer-Duberri bor. Shunga qaramay, Nelson bo'yicha kelishuv o'z kuchida qolmoqda va yakunlanishi kutilmoqda.
«West Ham» Xarvi Elliottni qo'lga kiritish imkoniyatlarini baholamoqda.
Italiya matbuotida esa «Milan» va shaxsan Amorim Xarvi Elliottga qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqaldi (bu ma'lumotga skeptik yondashish kerak).
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!