Kiran Gill insaydlari:
🔷 Alonso jamoa haqidagi ma'lumotlarni juda ehtiyotkorlik bilan himoya qilmoqda va raqiblarga ustunlik bermaslik uchun kim o'ynashi yoki kim o'ynamasligi haqida oldindan ma'lumot bermaslikka harakat qilmoqda.
Manbalar xabar berishicha, ular avvalgi murabbiylarga qaraganda maxfiylik darajasi oshganini payqashgan. O'tgan mavsumda «Chelsi» tarkib haqidagi ma'lumotlarning sizib chiqishi bilan bog'liq muammoga duch kelgandi, o'shanda xodimlardan biri raqiblarga ma'lumotlarni uzatib turgan.
🔷 Shuningdek, «Chelsi» «Kobxem» mashg'ulot bazasida xavfsizlik choralarini kuchaytirdi. Bu Xabi Alonso shtabi a'zosi Villi Ayza ikki notanish shaxs yopiq bo'lishi kerak bo'lgan mashg'ulotga kirib olganidan norozi bo'lganidan so'ng amalga oshirildi.
🔷 Ma'lumotlarni himoya qilishga bo'lgan intilish, ehtimol, Alonsoning «Real»da bosh murabbiy bo'lib ishlagan tajribasi bilan bog'liq, u yerda ma'lumotlarning sizib chiqishi jiddiy muammo edi. Xabi vaziyatni to'g'rilashga uringan, ammo bu samarasiz bo'lgan.
🔷 Alonso ushbu mavsumoldi turnesi davomida ochiqroq edi, biroq endi o'yinlar jiddiyroq tus olgach, u boshqa murabbiylarga qaraganda ancha vazminroq va gapga chechan emas.
🔷 Hozir shuni ishonch bilan aytish mumkinki, «Chelsi» o'z saytida barcha jarohatlar va shubhali o'yinchilar ro'yxatini, shuningdek, kim «cheklangan rejimda mashg'ulot o'tkazayotgani» yoki kim «reabilitatsiya dasturidan o'tayotgani» haqidagi ma'lumotlarni muntazam e'lon qiladigan davrlar o'tib ketdi. Pochettino davrida shunday edi. Ha, bu jurnalistlar uchun foydali edi, lekin raqiblarga qimmatli ma'lumotlarni taqdim etardi.
🔷 Kaysedoga kelsak, u hafta davomida har kuni mashg'ulot bazasiga tashrif buyurdi, Xabi Alonso uning jismoniy holati haqidagi savollarga ertangi matbuot anjumanida javob beradi. Keyin hammasi uning kayfiyatiga va u Arteta hamda «Arsenal» tahlilchilarining ishini yengillashtirmoqchimiligiga bog'liq bo'ladi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!