Xabi Alonso «Luton»ga qarshi o'yindan so'ng bergan intervyusida jamoasidagi vaziyat haqida to'xtalib o'tdi.
Livay Koluillning yo'qligi haqida:
«Biz tushunamizki, bunday jarohatdan so'ng Livay hali haftasiga uchta o'yin o'tkazishga tayyor emas. Biz uning safga qaytishini tezlashtirmoqchi emasmiz va unga ortiqcha yuklama bermoqchimiz».
«Brayton»ga qarshi o'yinda darvozada kim turishi haqida:
«Ha, men allaqachon qaror qabul qildim. Kim maydonga tushishini bilaman, lekin avval buni o'yinchilarning o'ziga aytishni ma'qul ko'raman».
Entso Fernandesning «Luton» bilan o'yinda yo'qligi haqida:
«Biz barcha omillarni hisobga olishimiz kerak: o'yinchilardan kim hozir yaxshi formada va kim maydonga tushish uchun kerakli energiyani his qilmayapti. Men uchun o'yinchilarda o'ynash istagi bo'lishi juda muhim».
«Chelsi» tarkibi haqida:
«Biz rejalashtirgan tarkibga ancha yaqinlashib qoldik. Hammasi qanday yakunlanishini ko'ramiz – rejamizni to'liq amalga oshira olamizmi yoki hali hal qilinishi kerak bo'lgan savollar qoladimi».
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!