La Liga prezidenti Xavyer Tebas "Real Madrid"ning ligaga qarshi ayblovlariga munosabat bildirdi:
Biz "Madrid"ning La Ligaga qarshi ayblovlariga javob bermasak, ahmoq bo'lamiz. Ularda ichki yoki o'yin bilan bog'liq muammolar yuzaga kelsa, ular harakatlanayotgan barcha narsaga hujum qilishni boshlashadi. "Real Madrid" hamon "Negreyra ishi"ni saqich kabi cho'zib kelmoqda. Bu qancha davom etishini bilmayman.
Biz ko'p yillardan buyon RMTV bilan bog'liq shunday vaziyatda yashayapmiz. "Madrid"da ishlar yomon ketganda, ular hamma narsani tanqid qilishni boshlashadi. Bu sharmandalik, shuningdek, La Liga, boshqa klublar va muxlislarga nisbatan hurmatsizlikdir.
Men ular Primerani kimdir soxtalashtirayotganini qanday aytishlari mumkinligini tushunmayapman. K. Romero derbida Bellingemga nisbatan ishlatgan qo'polligi uchun hech qanday holatda qizil kartochkaga loyiq emasdi. Li Kan In esa Valverdega nisbatan qilgan qo'polligi uchun chetlatilishi mumkin edi. Ammo vaziyat ba'zilar tasvirlamoqchi bo'lganidek bir tomonlama emas.
Peres "Madrid" prezidenti bo'lib qolar ekan, munosabatlarimizni tiklashning iloji yo'q. Men klubning amaldagi rahbariyati bilan kelishmayman, lekin "Madrid"ning o'ziga qarshi hech narsam yo'q. Men bolaligimdan shu klubga muxlislik qilaman.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!