Lautaro Martinez Argentina terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to'purarlar uchligiga kirdi
Lautaro Martinez Argentina safida Burkina-Faso darvozasiga gol urib, terma jamoa tarixidagi eng yaxshi to'purarlar uchligidan joy oldi.
Lautaro Martinez Argentina terma jamoasi safida yana gol urdi! Bu safar «El Toro» Burkina-Faso darvozasini ishg'ol qildi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi. Uchrashuv 7:0 hisobida yakunlandi.
Shu tariqa, «Inter» sardori terma jamoa tarixidagi eng yaxshi to'purarlar reytingida kuchli uchlikka ko'tarilib oldi!