Barchasi Transfer Matbuot Natijalar Umumiy ↔ Bog'langan

Argentina — yangiliklari Matbuot

Argentina va bog'liq yangiliklar

Bog'liq yangiliklar

Cristian Romero: "Leo – tarixda eng buyuk futbolchi"

Cristian Romero: "Leo – tarixda eng buyuk futbolchi"

Argentina terma jamoasi himoyachisi Kristian Romero Lionel Messi haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

🎙 Kristian Romero terma jamoa sardori sifatidagi ilk o'yini haqida:

Biz Argentina terma jamoasining HAQIQIY sardorini umrimizning oxirigacha sog'inamiz. Bizda HECH QACHON Leo kabi boshqa futbolchi bo'lmaydi. U – tarixda eng buyuk futbolchi. Leo barchamiz uchun namuna bo'lgan.
Lionel Skaloni Valter Samuelning "Inter"dan tushgan taklifni rad etgani haqida gapirdi

Lionel Skaloni Valter Samuelning "Inter"dan tushgan taklifni rad etgani haqida gapirdi

Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni Valter Samuelning "Inter" taklifini rad etib, terma jamoada qolishga qaror qilganini ma'lum qildi.

Lionel Skaloni: «Valter Samuel Kristian Kivu bilan birga ishlash uchun «Inter»dan taklif oldi, biroq u buni rad etdi va Jahon chempionatigacha biz bilan qoldi. Bu uning qanchalik ajoyib inson ekanligini va terma jamoa uning uchun qanchalik muhimligini ko'rsatadi.

Shubhasiz, u jamoa uchun nihoyatda muhim bo'lishidan tashqari, mening do'stim hamdir. Unga eng ezgu tilaklarimni tilayman. Agar u boshqacha qaror qabul qilmoqchi bo'lsa, bunga imkoniyati bo'lishi kerak. Agar u ketishga qaror qilsa, bu muammo bo'lmaydi. Bu katta yo'qotish bo'ladi, lekin muammo emas. Agar u biz bilan qolmasa, nima bo'lishini ko'ramiz.
Lautaro Martines Xulian Alvaresni qo'llab-quvvatladi

Lautaro Martines Xulian Alvaresni qo'llab-quvvatladi

Lautaro Martines terma jamoadagi raqobatchisi va do'sti Xulian Alvaresning qiyin vaziyatiga munosabat bildirdi.

Lautaro: «Men Xulian bilan uning vaziyati haqida gaplashdim. Unga xabar yuborib, bor qo'llab-quvvatlashimni bildirdim, chunki biz terma jamoada bir pozitsiya uchun raqobatlashishimizdan tashqari, u mening do'stim.

U o'tgan va hozirda o'tayotgan damlar oson emas, ammo yakunda qarorni uning klubi prezidenti qabul qiladi. Unga eng yaxshi tilaklarimni bildiraman va umid qilamanki, u tez orada tuzalib, shu paytgacha ko'rsatib kelgan o'yinini davom ettiradi, chunki u dunyodagi eng yaxshilaridan biri».

Haqiqiy inson 🖤💙

Franko Mastantuono: "Fiorentina" loyihasi menga juda yoqdi"

Franko Mastantuono: "Fiorentina" loyihasi menga juda yoqdi"

Franko Mastantuono "Fiorentina"ga o'tishi, "Real Madrid"dagi qiyin mavsum va kelajak rejalari haqida gapirdi.

Franko Mastantuono o'z kelajagi va "Fiorentina"ga o'tishi haqida fikr bildirdi:

"Madrid" rahbariyati bilan kelajagim borasida o'tkazgan suhbatimiz do'stona ruhda o'tdi va yakunda ijaraga ketishga qaror qildim.
Faoliyatimni davom ettirish uchun ko'plab variantlarim bor edi. Menga qiziqish bildirgan barcha klublarga minnatdorchilik bildiraman. Ammo "Fiorentina" loyihasi menga juda yoqdi. Rasmiy e'londan bir hafta oldinroq ushbu jamoaga o'tishga qaror qilgandim.
O'tgan mavsum men uchun qiyin kechdi. Biroq u "Madrid"dagi hech kim uchun oson bo'lmadi. Har holda, bunday holatlar yangi narsalarni o'rganish va rivojlanishga yordam beradi. "Fiorentina"da qanday darajadagi futbolchi ekanligimni isbotlash imkoniyatim bor.
Pas bilan gaplashdimmi? Yo'q. Lekin u ajoyib futbolchi va inson. Niko bilan Argentina terma jamoasida birga o'ynagan bo'lsak-da, o'zimni hech kim bilan solishtirmayman. "Fiorentina"ga yaxshi mavsum o'tkazish va jamoaga maqsadlariga erishishda yordam berish uchun keldim.
Argentina terma jamoasi va "Fiorentina" afsonasi Batistuta bilan gaplashdimmi? Yo'q.