Surxon futbolchisi Behruz O‘ktamov O‘zbekiston milliy terma jamoasining yig‘iniga jalb etildi.
Jamoamizning iste’dodli yosh futbolchisi Behruz O‘ktamov O‘zbekiston milliy terma jamoasining navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga jalb etildi.
Fabio Kannavaro boshchiligidagi terma jamoamiz yig‘in doirasida Eron, Suriya va Koreya terma jamoalariga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlarini o‘tkazishi rejalashtirilgan. Behruz O‘ktamov milliy jamoamizning ushbu yig‘in uchun e’lon qilingan kengaytirilgan tarkibidan joy oldi.
Behruzga milliy terma jamoamiz safida omad va ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!
O‘zbekiston U-20 qizlar terma jamoasi CAFA U-20 Women’s Championship turnirining ochilish uchrashuvida Qirg‘iziston ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Bugun Tojikiston Respublikasida 20 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasidagi CAFA U-20 Women’s Championship 2026 musobaqasiga start berildi.
Turnirning ochilish uchrashuvida Viktoriya Sirota boshqaruvidagi O‘zbekiston U-20 qizlar terma jamoasi Qirg‘iz Respublikasi terma jamoasiga qarshi maydonga tushdi. Murosasiz kechgan bahsda vakillarimiz 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Uchrashuvdagi yagona gol 12-daqiqada kiritildi. Shahnoza Dekanboyevaning aniq va chiroyli uzatmasidan so‘ng Shahzoda Alixanova raqib darvozasini ishg‘ol qilib, jamoamizga g‘alaba keltirdi. Shu tariqa O‘zbekiston U-20 qizlar terma jamoasi turnirdagi ishtirokini muhim uch ochko bilan boshladi.
Eslatib o‘tamiz, jamoamiz musobaqadagi navbatdagi uchrashuvini 23-iyul kuni Eron U-20 terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi.
Fabio Kannavaro boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi 21-sentyabr kuni yig‘inga kirishadi va Eron, Suriya hamda Koreya Respublikasi bilan o‘ynaydi.
Fabio Kannavaro boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi yig‘inga kirishadi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi 21-sentyabr kuni navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini boshlaydi.
Yig‘in doirasida terma jamoamiz Eron, Suriya hamda Koreya Respublikasiga qarshi xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlarida ishtirok etadi. Bosh murabbiy Fabio Kannavaro tomonidan yig‘inga jalb etilgan futbolchilar ro‘yxati bilan tanishing.
Ma’lumot uchun: O‘zbekiston olimpiya terma jamoasining 5 nafar futbolchilari mazkur yig‘inga jalb qilingan. Biroq, ushbu futbolchilar ayni paytda Yaponiyada bo’lib o’tayotgan Osiyo o’yinlarida ishtirok etmoqda.
Eslatib o‘tamiz: Eronga qarshi uchrashuv chiptalarini “Istiqlol” stadioni kassalarida hamda iTicket.uz'ning Toshkent shahridagi sotuv shoxobchalaridan xarid qilishingiz mumkin.
O‘zbekiston U-20 ayollar terma jamoasi Tojikistonda o‘tgan CAFA chempionatida g‘olib chiqdi. So‘nggi turda Tojikiston ustidan 7:0 hisobida g‘alaba qozonildi.
Tojikistonda tashkil etilgan CAFA U-20 Women’s Championship 2026 musobaqasi o‘z yakuniga yetdi. Musobaqaning so‘nggi turida O‘zbekiston U-20 ayollar terma jamoasi mezbon Tojikiston U-20 terma jamoasiga qarshi maydonga tushib, 7:0 hisobida yirik g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Uchrashuvning ilk bo‘limida Nargiza Mamataliyeva hisobni ochdi. Shundan so‘ng Shahzoda Alixonova raqib darvozasini ikki bor ishg‘ol qilib, jamoamiz ustunligini mustahkamladi. Taym yakunlanishi arafasida terma jamoamiz sardori Shahnoza Dekanboyeva ham o‘z nomini mualliflar qatoriga yozdirib, birinchi bo‘lim 4:0 hisobida yakunlandi.
Ikkinchi bo‘limda ham O‘zbekiston U-20 terma jamoasi tashabbusni qo‘ldan boy bermadi. Sevinch G‘ulomova burchak to‘pidan so‘ng hisobni 5:0 ko‘rinishiga keltirdi. Oradan o‘n daqiqa o‘tib, Yodgora Yusupova penaltidan aniq zarba yo‘lladi. Uchrashuvdagi yakuniy golga esa 78-daqiqada Mariya Daxova mualliflik qildi.
Shu tariqa Viktoriya Sirota boshchiligidagi O‘zbekiston U-20 ayollar terma jamoasi musobaqani 3 uchrashuvda 7 ochko bilan yakunlab, CAFA U-20 Women’s Championship 2026 turniri g‘olibiga aylandi.