Maynts Bundesligada tarixiy natija qayd etdi
Maynts Bundesliganing dastlabki ikki turida o'z darvozasidan gol o'tkazib yubormadi. Bu klub tarixidagi ilk bunday natija.
❓ Maynts joriy mavsumda nechta gol o'tkazib yubordi? Nol
🤔 Agar kubok bahslarini hisobga olmasdan, faqat dastlabki 2 turni oladigan bo'lsak, oliy divizionda bunday natijaga oxirgi marta qachon erishganimiz qiziq? Men izlab ko'rdim va juda hayron qoldim, chunki Maynts Bundesligadagi tarixi davomida bunday yutuqqa biror marta ham erishmagan ekan. Mana shunday qilib, biz yangi mavsumni Urs Fisher qo'l ostida boshladik