Matteo Moretto Aleksandr Serlotning "Atletiko"dagi kelajagi va klubning yangi hujumchi izlayotgani haqida fikr bildirdi.
🗣 Matteo Moretto:
Men Serlot 100 foiz "Atletiko"da qoladi deb boshim bilan qasam ichmagan bo'lardim.
Muammo shundaki, transfer oynasi boshida Serlotni o'z safida ko'rmoqchi bo'lgan barcha klublar qiziqishni yo'qotdi. Shu bois, u ketishdan ko'ra qolishga yaqinroq ko'rinmoqda.
Shunga qaramay, menimcha, agar yaxshi taklif tushsa, u ketadi. "Atletiko" esa tarkibni kuchaytirish uchun hali ham hujumchi izlamoqda.
Norvegiya terma jamoasi hujumchisi Aleksandr Serlot Angliyaga qarshi o'yindagi xatosi uchun muxlislar tomonidan jiddiy tahdidlarga uchramoqda.
Norvegiya terma jamoasi hujumchisi Aleksandr Serlot Angliyaga qarshi o'yinda (1:0) hisobni oshirish uchun qulay imkoniyatdan foydalana olmagach, muxlislar tomonidan qattiq tanqid va haqoratlarga uchradi. Oradan ko'p o'tmay, inglizlar javob golini urishdi.
Futbolchining dugonasi ijtimoiy tarmoqlarda o'ziga va hujumchiga kelgan haqoratomuz xabarlarni e'lon qildi:
«Eringga ayt, Norvegiyadan chiqib ketsin va qoyadan sakrasin».
Qiz tahdidlar ortidan huquqiy yordam so'rash niyatida. Norvegiya terma jamoasi bosh murabbiyi Stole Solbakken ham ushbu holatni qoralab, o'z o'yinchilariga ijtimoiy tarmoqlardan iloji boricha uzoqroq yurishni maslahat berdi.
Pablo Barrios mag'lubiyatdan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi va jamoaning navbatdagi o'yiniga e'tibor qaratish kerakligini ta'kidladi.
Pablo Barrios:
Jamoa bor kuchini ishga soldi, ammo bu yetarli bo'lmadi.
G'oya Serlotdan hujumda foydalanish va to'pni olib qo'yish uchun imkoniyatlar izlashdan iborat edi. Aynan shu narsa bizga yetishmadi: to'pni olib qo'yish va raqib maydonida o'ynab, xavfli vaziyatlar yaratish qobiliyati.
Biz yaxshi himoyalandik va bu golni kutmagandik. U urilgandan keyin biz yuqoriroq o'ynashga harakat qildik va o'shanda ikkinchi gol bo'ldi.
Bizga bugungi kunni unutish, tiklanish va "Barselona"ga qarshi o'yinga e'tibor qaratish kerak.