Benjamin Uayt «Chelsi»ga qarshi bo'lajak derbi haqida fikr bildirdi
«Arsenal» himoyachisi Benjamin Uayt «Chelsi»ga qarshi bo'lajak o'yin va jamoasining hozirgi holati haqida gapirdi.
Benjamin Uayt bo'lajak derbi haqida shunday dedi:
«Ularni [«Chelsi»ni] kuzatish qiziqarli. Ularda ajoyib futbolchilar bor, juda sifatli, omadli kunida ular xavfli bo'lishi mumkin. Shuning uchun, shubhasiz, bizni qiyin o'yin kutib turibdi va barchamiz uni intiqlik bilan kutyapmiz.
Biz o'zimizni juda yaxshi his qilyapmiz va bu Premer-ligani qanday boshlaganimizda ko'rinib turibdi. Shunday ekan, ha, shunchaki bu darajani ushlab turish va shu ruhda davom etish kerak, mavsum hali uzun».