David: «G'alaba — bizning maqsadimiz»
Arsenal futbolchisi David ertangi o'yin oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
David ertangi rejalar haqida:
«G'alaba — bizning maqsadimiz, raqib kim bo'lishidan va o'yin qayerda o'tishidan qat'i nazar.»
Arsenal futbolchisi David ertangi o'yin oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
David ertangi rejalar haqida:
«G'alaba — bizning maqsadimiz, raqib kim bo'lishidan va o'yin qayerda o'tishidan qat'i nazar.»
RB Leipzig futbolchisi David «Bavariya»dan uchralgan mag'lubiyat, jismoniy holati va murabbiy haqida fikr bildirdi.
🎙| David bugungi matbuot anjumanida:
...«Bavariya»dan uchralgan mag'lubiyat haqida:
6:1 hisobidagi mag'lubiyatdan keyin kayfiyat nolga teng edi. Shu bois ortga qaytish parvozi juda sokin o'tdi. Har kim avval o'z xayollari bilan bo'ldi. Ertasi kuni biz, albatta, o'zaro gaplashib oldik. Suhbatlar ko'p bo'ldi. Keyin tiklanish uchun dam olish kuni berildi. So'ngra murabbiylar shtabi bilan nima noto'g'ri ketgani va nimani o'zgartirishimiz kerakligi haqida gaplashdik. Ammo o'ylaymanki, biz hammamiz shunday darajadamizki, nima noto'g'ri bo'lganini va o'z o'yinimizni o'zimiz baholay olamiz. O'ylashimcha, biz javobgar bo'lgan intensivlik darajasi talabga javob bermadi. Agar «Bavariya»ga uzatmalarni amalga oshirish uchun vaqt bersangiz, juda qiyin bo'ladi. Umuman olganda, biz juda passiv harakat qildik. Shuning uchun bir-birimizni ayblashdan ma'no yo'q. «Bavariya» kabi kuchli raqiblarga yutqazish normal holat, lekin buni qanday amalga oshirganimiz dahshatli edi. Shu bois ertaga biz boshqacha o'yin ko'rsatishimiz shart.
...o'z jismoniy holati haqida:
Men har uch kunda o'ynash uchun tanamni maksimal darajada tayyor holatga keltirdim. Men hali ham o'yinlar oralig'ida bir-ikki kichik muammolarni bartaraf etish ustida qattiq ishlayapman. Shuning uchun har doim tiklanish jarayonini kuzatib borish kerak. JChdan qolgan ba'zi cho'zilib ketgan muammolar bor edi. Xayriyatki, ularni bartaraf etdim. Shu sababli hozir jismonan o'zimga yoqadigan holatda ekanligimdan xursandman va juda baxtliman.
...o'ziga qaratilgan tanqidlar haqida:
Men yurakka yaqin oladigan yagona tanqid – bu murabbiyimning tanqidi. O'sha yerda moslashishga, o'zgarishga harakat qilaman. Va, albatta, o'zimdan bo'ladigan tanqid, o'z o'yinimga qo'yadigan shaxsiy talablarim. Qolgan narsalarni o'qimayman, ularni umuman qabul qilmayman, chunki bu narsalarni kuzatib bormayman. OAV ishiga bo'lgan barcha hurmat bilan. Ammo men uchun murabbiyning tanqidi yoki fikri va shaxsiy talablarim muhim, qolgan barchasi menga mutlaqo farqsiz.
...murabbiy haqida:
Bunday tajribaga va shunday faoliyatga ega murabbiy qo'l ostida ishlash sharaf. Undan ham insoniy, ham sport nuqtai nazaridan ko'p narsalarni o'rganish mumkin. Birinchi kundan boshlab u bizni o'zining argentinalik mentaliteti bilan ruhlantirdi. U har doim, ayniqsa mag'lubiyatlardan keyin to'g'ri so'zlarni topa oladi. Bu muhim. U futbolchilar bilan qachon gaplashish kerakligini tushunish bo'yicha haqiqiy iste'dodga ega va aynan shuning uchun bizda o'zaro tushunish juda yaxshi.
Fikr qoldirish va reaksiya uchun tizimga kiring.