Chelsi Enzo Fernandes sotilsa, Aleks Skottni nishonga oladi
Chelsi Enzo Fernandes sotilsa, Aleks Skottni o'z safiga qo'shib olmoqchi. Bornmut esa futbolchini sotish niyatida emas.
Dilayni xabariga ko'ra, agar Enzo Fernandes sotib yuborilsa, Chelsi yana bir bor Aleks Skott transferi ustida ish boshlaydi.
Jurnalistning ta'kidlashicha, Bornmut futbolchi uchun 80-90 million funt sterling miqdoridagi taklifni ko'rib chiqishi mumkin. Biroq Gillning qayd etishicha, Bornmut rahbariyati Aleks Skottni hech qanday pul evaziga sotmasligini ma'lum qilmoqda.