Direct Racing xabariga ko'ra, Gela Due va Diyego Moreyra ortidan Ismael Dukure ham Strasburgni tark etishi mumkin.
Direct Racing xabariga ko'ra, Gela Due va Diyego Moreyra ortidan Ismael Dukure ham klubni tark etishi mumkin. Shu bilan birga, Xulio Ensiso transfer bozorida xaridorgir bo'lib qolmoqda, ammo klub o'yinchi bilan xayrlashishni rejalashtirmayapti.
Ismael Doukure Strasburgni tark etmoqchi edi, ammo transfer amalga oshmadi. Himoyachi endilikda jamoa sardoriga aylandi.
📰 Cyril Olivès-Berthet xabariga ko'ra: Ismael Doukure ketma-ket uchinchi yozgi transfer oynasida Strasburgni tark etish istagini bildirgan bo'lsa-da, yakunda jamoada qoldi. Bunga sabab klub futbolchi uchun qoniqarli taklif olmaganidir.
Himoyachiga Renn jamoasi jiddiy qiziqish bildirgandi, ammo ular Strasburg talab qilgan 20 million yevrodan ortiq mablag'ni taklif qilishmadi. Natijada, Doukure Strasburg safida o'ynashda davom etadi va endilikda u jamoa sardori maqomini oldi.