Jeyms Makkonnell «Liverpul»da qoladigan bo'ldi
«Liverpul» yarim himoyachisi Jeyms Makkonnellning «Preston Nort End»ga ijaraga o'tishi barbod bo'ldi. Futbolchi qishgacha klubda qoladi.
VitalFootball xabariga ko'ra, «Liverpul» yarim himoyachisi Jeyms Makkonnellning «Preston Nort End»ga ijara asosidagi o'tishi barbod bo'ldi. Futbolchi kamida qishki transfer oynasiga qadar klubda qoladi.
Ma'lumotlarga ko'ra, Andoni Iraola rahbariyatdan Makkonnellni tarkibda olib qolishni so'ragan. Bunga Kertis Jonsning ehtimoliy ketishi sabab qilib ko'rsatilmoqda — endilikda 21 yoshli futbolchi jamoa yarim himoyasidagi raqobatni kuchaytirish uchun jalb etiladi.