Karles Puyol Joze Mourinyoning murabbiylik qobiliyati va ular o‘rtasidagi raqobat haqida fikr bildirdi.
👑 Karles Puyol Joze Mourinyo haqida:
Biz buyuk murabbiy haqida gapiryapmiz. Men u bilan hali «Barselona»da bo‘lgan paytimda tanishganman va o‘sha vaqtdayoq uning futboldan qanchalik chuqur xabardor ekanini ko‘rgandim.
Keyinchalik Mourinyo aqlbovar qilmas murabbiylik faoliyatini qurdirdi. U «Real Madrid»ni boshqarganida, o‘rtamizda juda jiddiy raqobat bo‘lgan.
«Barselona» afsonasi Karles Puyol Joze Mourinyuning «Real Madrid»ga qaytishi ehtimoli va jamoalar o'rtasidagi raqobat haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«Barselona»ning sobiq sardori Karles Puyol Joze Mourinyuning «Real Madrid»ga qaytishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi:
Joze — buyuk murabbiy. Men u bilan ilk bor «La Masiya»da bo'lganimda tanishganman, keyinchalik esa «Barselona»ning asosiy jamoasiga o'tganman.
O'sha vaqtdayoq biz Mourinyuning futbolni juda yaxshi tushunishini anglab yetgandik. Keyin u ajoyib faoliyat olib bordi va «Real Madrid»ni boshqardi. Joze boshqaruvi davridagi «Barselona» va «Madrid» o'rtasidagi buyuk qarama-qarshiliklarni yaxshi eslayman.
2010-yillar boshida Gvardiola va Mourinyu, shuningdek, Messi va Ronaldu bilan birga ikki ajoyib jamoa bor edi. Mourinyu «Madrid»ga qaytgandan keyin «El-Klasiko» qanday ko'rinish olishini kuzatamiz.
Men hamon «Barselona» juda yaxshi tarkibga ega deb hisoblayman. Shu bois ular yaxshi mavsum o'tkazishi mumkin. Ammo Mourinyu boshqaruvidagi «Real Madrid» hozirgidan ham kuchliroq bo'lishi mumkin.