Chelsi Enzo Fernandes sotilsa, Aleks Skottni xarid qilishi mumkin
Lou xabariga ko'ra, Enzo Fernandes ketgan taqdirda «Chelsi» «Bornmut» yarim himoyachisi Aleks Skottni sotib olishga urinib ko'rishi mumkin.
🚨 Lou xabariga ko'ra, agar Enzo Fernandes jamoadan ketsa, «Chelsi» zudlik bilan markaziy yarim himoyachi sotib olishga majbur bo'ladi.
Klub bungacha Aleks Skott bo'yicha so'rov yuborgan edi, ammo «Bornmut» uni sotishdan qat'iy bosh tortdi. Hozircha yangi taklif haqida hech qanday gap yo'q.
Ya'ni, tarkibga yangi futbolchilar faqat Enzo sotilgan taqdirda kelishi mumkin.