Jeymi Karrager: "Manchester Yunayted" transfer strategiyasini o'zgartirdi"
Jeymi Karrager "Manchester Yunayted"ning yangi transfer strategiyasini yuqori baholadi.
🎙 Jeymi Karrager:
Menimcha, "Manchester Yunayted" transfer strategiyasini o'zgartirdi va bu sog'lom o'zgarish. Yillar davomida ular futboldagi eng shov-shuvli nomlarni sotib olishga berilib ketgandek tuyulardi.
Ba'zida transferlar jamoaga mos kelgani uchun emas, balki muxlislar uchun qilingandek taassurot qoldirardi. Hozir esa hammasi boshqacha ko'rinmoqda. Ular murabbiyga kerakli va tizimga aniq mos tushadigan futbolchilarni olishmoqda.
Muvaffaqiyatli klublar aynan shunday seleksiya olib boradi. Gap har doim ham shov-shuvli nomda emas, asosiysi – to'g'ri futbolchini topishda.