#Marselo Brozovich — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

O'ng ustun yangiliklari

Alfredo Pedulla: Brozovichning Italiyaga qaytishi dargumon

Alfredo Pedulla: Brozovichning Italiyaga qaytishi dargumon

Jurnalist Alfredo Pedulla Brozovichning Italiyaga qaytishi haqidagi gaplarni rad etdi: futbolchi 8-9 million yevro so'rayapti va «Al-Sadd» bilan kelishuvga yaqin.

Brozovichga kelsak, uni italiyalik klublar bilan bog'lashayotganini ko'rdim, lekin bunday gaplar menda faqat tabassum uyg'otadi. U 8–9 million yevro so'rayapti, Italiyada esa unga bunday pulni hech kim bermaydi.

Agar u hamon jamoasiz yurgan bo'lsa, faqat moliyaviy talablarini to'liq qondiradigan shartnoma izlayotgani uchun. Hozir «Al-Sadd» kelishuvga yaqinlashdi va unga juda jiddiy taklif qildi. Qolaversa, futbolchining o'zida ham Yevropaga qaytish maqsadi yo'q edi.

Alfredo Pedulla