«Al-Hilol» «Al-Sadd»ga qarshi o'yinni ko'chirishni so'radi, biroq AFC bunga keskin munosabat bildirdi.
«Al-Hilol» rasman 13-oktabr kuni Dohada o'tkazilishi rejalashtirilgan Qatar «Al-Sadd»iga qarshi o'yinni ko'chirishni so'radi. Klub bunga kutilmagan logistik vaziyatlarni sabab qilib ko'rsatgan.
AFC javob qaytardi: «Yo o'ynaysizlar, yo turnirdan diskvalifikatsiya qilinasizlar».
Jurnalist Alfredo Pedulla Brozovichning Italiyaga qaytishi haqidagi gaplarni rad etdi: futbolchi 8-9 million yevro so'rayapti va «Al-Sadd» bilan kelishuvga yaqin.
Brozovichga kelsak, uni italiyalik klublar bilan bog'lashayotganini ko'rdim, lekin bunday gaplar menda faqat tabassum uyg'otadi. U 8–9 million yevro so'rayapti, Italiyada esa unga bunday pulni hech kim bermaydi.
Agar u hamon jamoasiz yurgan bo'lsa, faqat moliyaviy talablarini to'liq qondiradigan shartnoma izlayotgani uchun. Hozir «Al-Sadd» kelishuvga yaqinlashdi va unga juda jiddiy taklif qildi. Qolaversa, futbolchining o'zida ham Yevropaga qaytish maqsadi yo'q edi.
Matteo Moretto xabariga ko'ra, «Al-Sadd» klubi Gabriel Martinelli atrofidagi vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda. «Arsenal» futbolchini 50 mln yevrodan qimmatga baholagan.
Matteo Moretto xabariga ko'ra, «Al-Sadd» klubi Gabriel Martinelli atrofidagi vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda.
«Arsenal» o'z futbolchisini 50 million yevrodan ortiqroqqa baholamoqda.