«Milan» «Strasbourg» vingeri Diego Moreyrani o'z safiga qo'shib oladi
«Milan» «Strasbourg» vingeri Diego Moreyrani 50 million yevro evaziga o'z safiga qo'shib olmoqda. Bu haqda Fabrisio Romano xabar berdi.
Insayder Fabrisio Romano xabariga ko'ra, «Milan» «Strasbourg» vingeri Diego Moreyrani o'z safiga qo'shib oladi. Klublar futbolchining transferi borasida 50 million yevro evaziga kelishuvga erishgan, shartnomada bonuslar va kelgusidagi sotuvdan foizlar ham ko'zda tutilgan.
Moreyra uchun Angliya va Germaniya klublari ham qiziqish bildirgan edi.
O'tgan mavsumda futbolchi Liga 1 doirasida 27 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol urgan va 6 ta golli uzatmani amalga oshirgan.