Allegri Ronalduga qanday qilib jarima zarbalarini tepishga yo'l qo'ymagani haqida
Massimiliano Allegri Ronaldu jarima zarbalarini tepmasligi uchun qanday ayyorona usul qo'llagani haqida Miralem Pyanich hikoya qilib berdi.
Bir kuni Allegri Ronaldu jarima zarbalarini tepmasligi uchun ayyorona usul o'ylab topgan edi 😂
Krihtianu «Yuve»ga kelganida, darhol jarima zarbalarini ijro etish huquqini o'ziga olib qo'ygandi, — deb eslaydi Pyanich.
O'yinlardan birida Ronaldu jarima zarbasini ishlab oldi, ammo Allegri darhol uning oldiga tibbiy xodimlar brigadasini yubordi.
Portugaliyalik futbolchi maydon chetida shifokorlar qurshovida bo'lgan paytda, jarima zarbasini Pyanich ijro etdi… va gol urdi.
📰 La Gazzetta dello Sport