AS: Xausen o'z o'yinini yaxshilashga intilmoqda
AS nashri xabariga ko'ra, Xausen o'tgan mavsumdagi muvaffaqiyatsizliklardan so'ng o'z o'yinini tubdan yaxshilashga va Mourinyuning ishonchini oqlashga intilmoqda.
📰 AS xabariga ko'ra, Xausen o'tgan mavsumda o'ziga bildirilgan ishonchni oqlay olmaganini yaxshi tushunib turibdi. Hozir esa u tanqidchilarning og'zini yumib qo'ymoqchi.
Shu sababli, 21 yoshli himoyachining joriy mavsum startidagi o'sishi ko'p jihatdan uning ruhiy holati bilan bog'liq. Shu bilan birga, «Madrid»da Xausenning a'lo darajadagi jismoniy holati va ishga bo'lgan munosabati ham alohida qayd etilmoqda. Xususan, «qaymoqranglilar» lageridagi manbalar shunday ta'kidlashadi:
U yanada mustahkamroq himoyachiga aylandi.
Bundan tashqari, Mourinyu Xausenni jamoa o'yinini qurishda asosiy futbolchi deb hisoblaydi.