Pol Merson Martin Edegorning «Arsenal»dagi formasi haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
🗣 Pol Merson:
Edegor ikki yil avval ko'rsatgan darajasiga qaytdi. Xuddi «Arsenal» 100 million funt sterling evaziga yangi futbolchi sotib olgandek taassurot qoldirmoqda.
Pol Merson Brunu Gimaraysning o'yiniga baho berib, «Brayton»ning «Arsenal»ga qarshi ko'rsatgan yuqori pressingini alohida ta'kidladi.
🎙️ Pol Merson — Brunu Gimaraysning «Brayton»ga qarshi o'yini haqida:
«Tanaffusda men uni almashtirish kerakligini aytdim. Yakunda u maydonda yana o'n daqiqacha qoldi. U uchun hamma narsa juda tez sodir bo'layotgandi — Brayton uni darhol yopib qo'ydi.
Qanchalik kuchli bo'lishingdan qat'i nazar, menga baribir. Agar senga bosh ko'tarishga imkon berishmasa, doimiy ravishda pressing qilib, bosim ostida ishlashga majbur qilishsa, sinflar o'rtasidagi farq yo'qola boshlaydi. Brayton aynan shuni amalga oshirdi. Ular umuman hech kimga to'p bilan ishlashga vaqt berishmadi — bosh ko'tarib, xotirjam pas berishga yo'l qo'yishmadi. Brayton ajoyib o'ynadi. Va o'sha vaqtda men Arsenal qanday qilib o'yinga qaytishi mumkinligini umuman tasavvur qilolmayotgandim».