Quvondiq Ro'ziyev Navbahor bilan xayrlashdi
Yarim himoyachi Quvondiq Ro'ziyev Navbahor klubi bilan shartnomasini bekor qildi.
Quvondiq Ro'ziyev Navbahor klubi bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qildi.
Yarim himoyachi Quvondiq Ro'ziyev Navbahor klubi bilan shartnomasini bekor qildi.
Quvondiq Ro'ziyev Navbahor klubi bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qildi.
«Buxoro» jamoasining yangi futbolchisi Quvondiq Ro’ziyev debyut o’yini, jamoaga moslashish va mavsumdagi maqsadlar haqida intervyu berdi.
«Buxoro» jamoasi tarkibiga yaqinda kelib qo’shilgan tajribali futbolchi Quvondiq Ro’ziyev kecha debyut uchrashuvini o’tkazib, o’z hisobiga assist yozdirib qo’ydi. Mahoratli futbolchi klub matbuot xizmatiga intervyu berib, dastlabki taassurotlari bilan o’rtoqlashdi.
– Quvondiq aka, avvalambor «Buxoro» tarkibidagi debyut uchrashuvingiz va qo’lga kiritilgan ishonchli g’alaba bilan tabriklaymiz! Birinchi o’yiningizda chiroyli assistni amalga oshirdingiz. Dastlabki taassurotlaringiz qanday?
– Avvalambor Buxoro ahlini muhim g’alaba bilan tabriklayman. Barcha futbolchilar murabbiylarimiz ko’rsatmalarini astoydil bajarishga harakat qildi va o’ylagan rejalarimiz amalga oshdi. O’yin oxirigacha sabr qildik va ijobiy natijani qo’lga kiritdik. Debyut uchrashuvimda jamoam g’alabasiga hissa qo’shganimdan xursandman.
– Jamoamiz tarkibiga kelib qo’shilganingizga hali ko’p bo’lmadi, moslashish jarayonlari qanday kechmoqda?
– Jamoaga asta-sekin moslashyapman. Bu yerda ham oldin bir jamoada harakat qilgan bir nechta do’stlarim bor. Ko’rinib turibdi, jamoamiz juda ahil va yaxshi kollektiv yig’ilgan, shu sababli moslashish jarayoni oson kechmoqda.
– «Buxoro» jamoasiga transfer oynasining so’nggi kunida kelib qo’shildingiz. Jamoamizga kelish varianti qanday paydo bo’ldi? Qaror qabul qilishda nimalar muhim bo’ldi?
– Jamoaga kelishimga direktorimiz Shavkat Salomovning hissasi katta bo’ldi. Murabbiy meni o’z jamoasida ko’rishni xohlashini tushuntirdi. Shu sababli jamoaning ko’rsatayotgan o’yini va turnir jadvalidagi o’rnidan kelib chiqib, «Buxoro» taklifini o’ylab o’tirmasdan qabul qildim.
– Ayni vaqtda «Buxoro» jamoasi musobaqa jadvalida kuchli uchlikda bormoqda. Jamoaning potensialini qanday baholaysiz?
– Jamoamizning yuqori uchlikda turishi to’satdan bo’lib qolgani yo’q. Buning tagida katta mehnat bor, nafaqat futbolchilar, murabbiylar, butun rahbariyat, hammaning mehnati yotibdi. Shu sababli hozirgi kunda Superligada yuqori o’rinlarda bo’lish men o’ylaymanki, ajoyib natija. Chunki «Navbahor», «OKMK», «Nasaf» kabi kuchli jamoalar bilan qizg’in kurash kechmoqda va bu oxirigacha davom etsa kerak.
– Keyingi turda sobiq jamoangiz «Neftchi» klubiga qarshi maydonga tushamiz. Mazkur bellashuvdan nimalar kutyapsiz?
– Albatta, amaldagi chempionlarga qarshi o’ynash har doim qiziq bo’ladi. Menimcha, o’yin kuni muxlislar stadionni to’ldirishadi. Tabiiyki, biz muxlislar qarshisida har doim g’alaba uchun to’p suramiz. Muxlislar qo’llab-quvvatlashi bizga qo’shimcha kuch bag’ishlaydi. Shu sababli g’alaba qozonish uchun bizda imkoniyat bor deb o’ylayman va buning uchun maydonda bor kuchimizni ishga solamiz.
– Buxorolik muxlislar mavsum davomida sizdan ko’p narsa kutishadi. Boisi jamoamiz tarkibidagi eng tajribali futbolchilardan biri siz…
– Buni juda yaxshi his qilib turibman. Jamoaga yordam berish uchun kelganman. Bu har bir futbolchining vazifasi deb o’ylayman. Jamoa chempionat oxirida kuchli uchlikdan joy olishi uchun bor kuchim bilan harakat qilaman. Muxlislar ishonchi uchun katta rahmat aytib qolaman.
Quvondiq Ro'ziyev faoliyatini Buxoro jamoasida davom ettiradi.
Quvondiq Ro'ziyev faoliyatini Buxoro jamoasida davom ettiradi 🔵
Tajribali yarim himoyachi Quvondiq Ro'ziyev transfer oynasining so'nggi kunida “Buxoro” jamoasi bilan shartnoma imzoladi.
“Buxoro” jamoasi transfer oynasining so'nggi kunida tajribali yarim himoyachi Quvondiq Ro'ziyevni o'z safiga qo'shib oldi. ✅
Birinchi davrada “Navbahor” safida to'p surgan futbolchi “Buxoro” bilan shartnoma imzoladi.
Ma'lumot uchun, Quvondiq Ro'ziyev 1994-yilda tavallud topgan. Faoliyati davomida “Lokomotiv”, “Turon”, “Qo'qon-1912”, “Sri Pahang” (Malayziya), “Neftchi” hamda “Navbahor” kabi klublar safida to'p surgan. Ro'ziyev futbolchilik faoliyatida 300 dan ortiq rasmiy bellashuvlarda maydonga tushgan.
Klub rahbariyati va murabbiylar shtabi Quvondiq Ro'ziyevning ulkan tajribasi va mahoratiga, yangi marralarni zabt etishda, hal qiluvchi pallalarda ishonchli o'yin ko'rsatib, jamoaning g'alabalari va yutuqlarini mustahkamlashda muhim rol o'ynashiga ishonch bildiradi.
“Buxoro” ahil oilasiga xush kelibsan, Quvondiq! 🔵
Tajribali yarim himoyachi Quvondiq Ro'ziyev "Navbahor" klubi bilan xayrlashdi. Futbolchi joriy mavsumda Superligada 13 ta o'yinda maydonga tushgandi.
✔️ Quvondiq Ro'ziyev jamoamizni tark etdi
Jamoamiz safini 31 yoshli tajribali yarim himoyachi Quvondiq Ro'ziyev tark etdi. “Lochinlar” tarkibiga 4 yillik tanaffusdan so'ng, bu yil yana qo'shilgan tajribali futbolchi joriy mavsumda jamoamiz tarkibida Superliga doirasidagi 13 ta uchrashuvda maydonga tushib, 614 daqiqa harakat qilgan.
Biz jamoamiz safida o'tkazgan o'yinlari uchun Quvondiq Ro'ziyevga minnatdorchilik bildirib, uning kelgusi faoliyatida omad va zafarlar tilab qolamiz.
🔵 "Navbahor" PFK matbuot xizmati.
Fikr qoldirish va reaksiya uchun Telegram orqali kiring.