Rodri «Barselona»ga o'tishga rozi bo'ldi va klub «Manchester Siti» bilan muzokaralarni boshlamoqchi. Tafsilotlar xabarda.
Matteo Moretto xabariga ko'ra, «Barselona» ayni damda Rodri vakillari bilan shartnoma shartlarini muhokama qilmoqda va «Manchester Siti»ga ilk rasmiy taklifni tayyorlamoqda. «Real Madrid» esa bu poygada ortda qolmoqda.
Ferran Martines va Fernando Polo ma'lumotiga ko'ra, Rodri «Barselona»ga «Manchester Siti» bilan muzokaralarni boshlash uchun yashil chiroq yoqdi. U Xansi Flikning sport loyihasi uni ishontirganini va «Barsa» libosini kiyishdan xursand bo'lishini bildirgan.
Biroq futbolchining o'zi bilan muhokama qilinishi kerak bo'lgan masalalar qolmoqda va hozircha «Manchester Siti» bilan kelishuv mavjud emas. Shunga qaramay, «Barsa»da muzokaralarni boshlash uchun kerakli qadam tashlangan deb hisoblashmoqda. Klubda Rodrining mahorati va tajribasini hisobga olgan holda, bu transfer bozoridagi noyob imkoniyat ekanligini tushunishadi. Ammo bitim hali vaqt va muzokaralarni talab qiladi.
RAC1 xabariga ko'ra, «Barsa» Rodri «Manchester Siti» bilan uni transfer qilish bo'yicha muzokaralarni boshlashga rozilik berganini tasdiqladi.