Diego Forlan boshchiligidagi Urugvay terma jamoasi Janubiy Koreya ustidan g'alaba qozondi. Forlan tarkibga Luis Suaresni kiritmadi.
Diego Forlan Urugvay terma jamoasi bosh murabbiyi sifatidagi debyut uchrashuvida uchralgan mag'lubiyatdan (Yaponiya 3:1) so'ng o'zini oqladi, ikkinchi o'yin esa osiyolik raqibga qarshi g'alaba bilan yakunlandi (Janubiy Koreya 4:1).
Tabriklaymiz va muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Forlan terma jamoaning jahon chempionatidagi muvaffaqiyatsiz ishtirokidan so'ng Marselo Belsani almashtirdi. Forlan o'zining ilk tarkibiga 39 yoshli hujumchi Luis Suaresni kiritmadi (El Pistolero xalqaro faoliyatini qayta tiklashga qarshi emas edi).
Rafinya Chempionlar Ligasida "Barselona" safida 21 ta gol urib, Neymar bilan bir xil natijani qayd etdi.
Rafinya Chempionlar Ligasida "Barselona" tarixidagi eng yaxshi 5 nafar to'purar qatoridan joy oldi. U Neymar bilan bir xil natija qayd etdi, ammo buning uchun 6 ta kamroq o'yin o'tkazdi.
Lionel Messi — 120 Luis Suares — 25 Rivaldo — 25 Robert Levandovski — 23 Rafinya — 21 Neymar — 21
Mundo Deportivo xabariga ko'ra, "Inter Mayami" Kevin De Bryuneni o'z safiga qo'shib olishni istamoqda.
🚨 "Inter Mayami" Kevin De Bryuneni o'z safiga qo'shib olishni istamoqda. 🔥
Mundo Deportivo xabariga ko'ra, agar transfer amalga oshsa, belgiyalik yarim himoyachi Lionel Messi, Luis Suares, Kazemiro va Rodrigo De Paul bilan bir jamoada to'p suradi.
RAC1 xabariga ko'ra, Deku Lissabonga yo'l oldi. "Barselona" 1-sentabrga qadar yangi hujumchi transferini yakunlamoqchi.
RAC1 xabariga ko'ra, Deku Lissabonga jo'nab ketdi. U 1-sentabrga qadar hujumchi transferini yakunlashga harakat qiladi.
Luis Suares Xulian Alvares o'rniga variant sifatida ko'rilmoqda. Shunga qaramay, "Barsa" argentinalik futbolchini tarkibga qo'shib olish imkoniyatini hali ham istisno etmayapti.
Cadena SER xabariga ko'ra, «Barselona» Luis Suaresni transfer qilish variantini ko'rib chiqmayapti. Klub futbolchi uchun talab qilinayotgan 80 million yevro narxni asossiz
🚨 Cadena SER xabariga ko'ra, «Barselona» Luis Suaresni transfer qilish variantini ko'rib chiqmayapti. Klub futbolchi uchun talab qilinayotgan 80 million yevro narxni asossiz deb hisoblamoqda.
Fabrisio Romano «Barselona»ning transfer rejalari haqida ma'lum qildi: klub Luis Suares uchun 80 mln yevro to'lamoqchi emas va Xulian Alvaresni kutishda davom etmoqda.
Fabrisio Romano xabariga ko'ra, ayni damda «Barselona» Luis Suares uchun 80 million yevro miqdoridagi tovon pulini to'lash niyatida emas. Klub imkoniyatlar va ortiqcha to'lov masalasini tahlil qilib, hozirgi vaziyatda 80 million yevro juda katta summa deb hisoblamoqda.
«Barselona» xabari o'zgarishsiz qolmoqda: «Biz baribir Alvaresni kutishda davom etamiz, u bilan nima bo'lishini ko'rmoqchimiz».
«Barselona» Alvares transferidan hali voz kechgani yo'q. Biroq «Atletiko» tomonida vaziyat o'zgarmas: ular muzokaralar o'tkazish va futbolchini «Barsa»ga sotish niyatida emas.
«Barsa»dan kelayotgan bugungi xabarlar quyidagicha: «Yaxshi, muqobil variantlar bo'lishi mumkin, lekin birinchidan, biz ortiqcha to'lamaymiz, ikkinchidan, shunchaki transfer uchun transfer qilmaymiz, uchinchidan, Luis Suares holatidagi kabi 80 million yevro to'lamaymiz».
Fabrisio Romano xabariga ko'ra, «Sporting» yozgi transferlar oynasida Luis Suaresni sotishni reja qilmayapti. Klub futbolchini tarkibning asosiy o'yinchisi deb hisoblamoqda.
Fabrisio Romano xabariga ko'ra, «Sporting» yozgi transferlar oynasida Luis Suaresni sotishni reja qilmayapti. Klub futbolchini tarkibning asosiy o'yinchisi deb hisoblamoqda.
«Sporting» qiziqish bildirgan har qanday klubga futbolchining tovon puli 80 million yevroni tashkil etishini eslatib o'tmoqda.
Barselona Julian Alvares transferi barbod bo'lgan taqdirda, Sporting hujumchisi Luis Suaresni o'z safiga qo'shib olish variantini ko'rib chiqmoqda.
🚨 Fabrisio Romano xabariga ko'ra, agar Julian Alvares bilan kelishuv amalga oshmasa, Barselona Sporting hujumchisi Luis Suaresni o'z variantlari qatorida ko'rib chiqmoqda.
Bu oson ish emas, chunki u Sportingning asosiy o'yinchisi hisoblanadi, ammo shunga qaramay u Barsa nomzodlari ro'yxatiga kiritilgan.
Barsa Suares va boshqa variantlarni faqat kelasi haftadan boshlab ko'rib chiqishni boshlaydi, agar Julian bilan kelishuv baribir amalga oshmasa.
🚨 Jerar Romero ma'lumotiga ko'ra, Xansi Flik agar Julianni qo'lga kiritishning imkoni bo'lmasa, ushbu transferga rozilik bergan.
Entoni Gordon «Barselona»ga o'tish jarayoni, klubdagi moslashuv va «Barsa»ning ichki muhiti haqida gapirib berdi.
Entoni Gordon intervyusi:
❓Qachon «Barsa»ga o'tish imkoniyati paydo bo'lganini bilganingizda, birinchi munosabatingiz qanday bo'ldi?
🗣 Gordon: «Rostini aytsam, bir lahzaga bunga ishonmadim, chunki bu bolaligimdan beri orzuim edi. Angliyadan «Barselona»ga o'tish umuman oson ish emas. Nazarimda, bu faqat to'rt nafar futbolchiga nasib qilgan. Shu bois bunday transfer qanchalik murakkabligini juda yaxshi tushunardim va hayajonda edim. «Barsa»ning qiziqishini bilgan zahotiyoq, aynan shu narsani eng ko'p xohlayotganimni angladim».
❓Liverpullik bola uchun «Barselona»ga o'tish nimani anglatadi?
🗣 Gordon: «Mening nazarimda, «Barsa» — dunyodagi eng yaxshi klub. Qayerda yashashidan qat'i nazar, har bir bola bir kun kelib shu yerda o'ynashni orzu qiladi. Aytganimdek, bu yerga Angliyadan kelib qo'shilish, albatta, La Masiya orqali o'tishdan ham qiyinroq. Angliyada tug'ilganim uchun bunday imkoniyatga hech qachon ega bo'lmasam kerak deb o'ylagandim. Nihoyat imkoniyat tug'ilganda, o'zimni juda baxtli his qildim».
❓«Barsa» tarixida ayniqsa qoyil qoladigan futbolchi bormi?
🗣 Gordon: «Men ko'rgan eng yaxshi «Barsa» — bu Pep Gvardiola jamoasi edi, ular Xavi va Inyesta kabi futbolchilar bilan Chempionlar ligasini yutishgan. Messini hisobga olmaganda, «Barsa» tarixidagi eng sevimli futbolchim — Luis Suares. Men «Liverpul»ning katta muxlisiman va u yerda Stiven Jerrard bilan birga mening eng sevimli o'yinchilarimdan biri edi. U «Barsa»ga o'tganida, o'yinlarini juda diqqat bilan kuzatganman va u klub ikonasi bo'lishiga amin edim, chunki «Liverpul»da erishgan barcha yutuqlarini ko'rganman».
❓Klubdagi dastlabki oylaringiz qanday o'tdi? Moslashishga kim ko'proq yordam berdi?
🗣 Gordon: «Meni shunday darajadagi futbolchilar bunchalik ochiq va samimiy kutib olishgani juda hayron qoldirdi. Hech kimni unutishni istamayman, lekin Erik Garsiya menga juda ko'p yordam berdi, chunki u ingliz tilida juda yaxshi gaplashadi. Ispan tilini biroz tushunaman, lekin boshqalar juda tez gapirganda yoki o'zaro muloqot qilganda, ularni kuzatib borish qiyinroq. Dani Olmo ham menga juda ko'p yordam berdi».
❓Barselona — Angliyadagi shaharlardan butunlay farq qiladi. Bu yangi hayot bosqichini qanday o'tkazyapsiz?
🗣 Gordon: «Bu shaharni juda yaxshi ko'raman. Unda o'zgacha narsa bor va bu yerda juda oilaviy muhit hukm suradi. Odamlar nihoyatda mehribon. Bu hayotimdagi haqiqatan ham ajoyib davr».
❓Katalon tilida biror so'z ishlatishga jur'at etdingizmi? Birinchi bo'lib nimani o'rgandingiz?
🗣 Gordon: «Bir nechta so'zni bilaman. Ularni o'rganishga va ishlatishga harakat qilyapman, lekin ingliz tilidan ispan va katalon tillariga o'tish biroz murakkab. Men allaqachon «Molt bé», «Com va?», «Jo em dic Anthony» yoki «Estic molt feliç» deb ayta olaman. Gapma-gap o'rganyapman».
❓Muxlislar bilan juda tez til topishib ketdingiz. Kuleslarning sizga bo'lgan mehridan hayron qoldingizmi?
🗣 Gordon: «Ha. Bu muxlislar Messi, Luis Suares, Ronaldinyo va tarixiy eng yaxshi futbolchilarga qoyil qolishgan. Dastlabki kunlardanoq o'zimni bunchalik qadrli his qilishimni kutmagandim. O'ylaymanki, odamlar jamoa uchun bor kuchingizni berayotganingizni sezishadi. Balki ularni mening futbol mahoratim ham hayron qoldirgandir. Shunga o'xshash holat «Nyukasl»da ham bo'lgan, u yerda ko'pchilik meni faqat tezkor va agressiv o'yinchi deb bilardi, keyin esa o'yinimning boshqa jihatlarini kashf etishgandi».
❓«Barsa»da tashqaridan ko'rib bo'lmaydigan nimalarni ichkaridan kashf etdingiz?
🗣 Gordon: «Bu klubning kamtarligi deb aytgan bo'lardim. Bu dunyodagi eng yaxshi klub, bu yerda eng yaxshi futbolchilar o'ynaydi va shunga qaramay, hamma juda kamtar. Biz nihoyatda ambitsiyalimiz va hammasini yutishni xohlaymiz, lekin hech kim keragidan ortiq gapirganini eshitmaysiz. Mashg'ulot o'tayotgan, bundan zavq olayotgan va har kuni yaxshiroq bo'lish uchun birga ishlayotgan odamlarni ko'rasiz».
Entoni Gordon joriy mavsum La Liganing dastlabki 4 ta o'yinida 4 ta golli uzatma amalga oshirib, Sesk Fabregas va Luis Suaresning natijasini takrorladi.
⚡️ Opta xabariga ko'ra, Entoni Gordon joriy mavsum La Liganing dastlabki to'rtta o'yinida to'rtta golli uzatmani amalga oshirdi.
XXI asrda bunga qadar faqat ikki futbolchi — Sesk Fabregas va Luis Suares shunday natijaga erishgan, ular o'sha vaqtda «Barselona» sharafini himoya qilishgan.
Gordon ushbu natijani takrorlagan uchinchi futbolchiga aylandi.
Jose Alvarez ma'lumotiga ko'ra, Dekuning Lissabonga safari Portugaliya ligasidagi futbolchilar bilan bog'liq emas. "Barselona" boshqa variantlarni izlamoqda.
Jose Alvarez xabariga ko'ra, Dekuning Lissabonga safari Portugaliya ligasidagi biror futbolchi bilan bog'liq emas. Buning boshqa sabablari bor.
Luis Suares yoki Pavlidis kabi nomlar butunlay istisno qilingan. Klub ularni ko'rib chiqmayapti.
Hujum chizig'i uchun boshqa yuqori darajadagi variantlar ustida ish davom etmoqda.
Karlos Monfortning xabar berishicha, «Barselona» hujum chizig'ini kuchaytirish uchun bir nechta nomzodlar ustida ish olib bormoqda.
Karlos Monfort (🌖): «Bir necha kun avval «Barsa»da Luis Suares varianti imkonsiz ekani aytilgandi... Deku aynan shu sababli safarga chiqayaptimi yoki yo'q, buni kuzatamiz».
Hozircha uning ushbu safari davomida kimlar bilan uchrashishi noma'lum, biroq «Barselona» hujum chizig'ini kuchaytirish uchun bir nechta nomzodlar ustida ishlamoqda.
Aleks Pintanel xabariga ko'ra, Barselona Luis Suaresni tarkibni kuchaytirish uchun variant sifatida ko'rib chiqmoqda, ammo u asosiy maqsad emas.
Aleks Pintanel xabariga ko'ra, "Barselona" Luis Suaresni tarkibni kuchaytirish uchun real variant sifatida ko'rib chiqmoqda, biroq u ustuvor maqsad emas.
Klub faqat Xulian Alvaresni qo'lga kirita olmasa, Suares nomzodiga murojaat qiladi.
Suaresning shartnomasidagi tovon puli 80 million yevroni tashkil etadi.
«Barselona» Luis Suaresga qiziqish borligi haqidagi xabarlarni rad etdi. Klubning asosiy maqsadi Xulian Alvaresni transfer qilishdir.
Mundo Deportivo xabariga ko'ra, «Barselona» klubidagi manbalar Luis Suaresga qiziqish bildirilayotgani haqidagi xabarlarni keskin rad etishdi. Klub vakillarining ta'kidlashicha, ularning asosiy va yagona maqsadi Xulian Alvaresni qo'lga kiritish hisoblanadi. Aynan u Xansi Flik va Deku uchun «A rejasi» hisoblanadi.
Agar hech narsa o'zgarmasa, «Barsa» boshqa variantlarni ko'rib chiqishga majbur bo'ladi, ammo «Barselona» ma'lumotlariga ko'ra, Luis Suares bu ro'yxatga kirmaydi.