PSJ Mika Godts transferi bo'yicha muzokaralarni davom ettirmoqda
RMC xabariga ko'ra, «Ayaks» Mika Godtsni 60 million yevroga baholamoqda. PSJ vinger bilan shartnoma imzolashga qiziqish bildirmoqda.
🚨 RMC xabariga ko'ra, «Ayaks» Mika Godtsning transfer qiymatini 60 million yevro deb baholamoqda. Shunga qaramay, barcha tomonlar klublar kelishuvga erishishiga optimistik qarashmoqda.
PSJ rahbariyati vinger bilan shartnoma imzolashni istamoqda. Parijliklarni futbolchining mentaliteti hamda hujum chizig'idagi uchta pozitsiyada ham o'ynay olish qobiliyati o'ziga jalb qilgan.