Niderland terma jamoasi Xavi bilan muzokaralar olib bordi
Niderlandiya terma jamoasi bosh murabbiyligi uchun Xavi va Roberto Martines nomzodlari ko'rib chiqilmoqda.
Mayk Vervey xabariga ko'ra, Niderlandiya terma jamoasi vakillari Xavi bilan terma jamoa bosh murabbiyi lavozimi bo'yicha muzokaralar o'tkazishgan.
Shuningdek, ular Roberto Martines bilan ham muzokara olib borishgan. Yakuniy qaror yaqin vaqt ichida qabul qilinishi kutilmoqda.