Behdad Egbali Samir El-Murabetni sotmaslikka qaror qildi. Futbolchi «Strasbur»da qoladi.
🚨 Santi Aouna (🌗): Behdad Egbali Samir El-Murabetning sotilishiga qarshi chiqdi. Futbolchi «daxlsiz» deb e'lon qilindi va «RB Leypsig», «Vilyarreal» hamda «Yuventus»dan bo'lgan qiziqishlarga qaramay, «Strasbur»da qoladi.
RB Leyptsig Strasbur futbolchilari Diyego Moreyra va Samir El-Murabet bilan shaxsiy shartnomalar bo'yicha kelishuvga erishdi.
🚨 Florian Plettenberg xabariga ko'ra, RB Leyptsig va Diyego Moreyra shaxsiy shartnoma shartlari bo'yicha og'zaki kelishuvga erishdi. Biroq klublar hozircha faol muzokaralar olib borayotgani yo'q. Strasbur futbolchining transferini 60–70 million yevroga baholamoqda, ammo Leyptsig bunday summani to'lashga tayyor emas.
ℹ️ Santi Auna qo'shimcha qilishicha, Leyptsig Samir El-Murabet bilan ham shartnoma shartlari bo'yicha kelishuvga erishgan. Endi nemis klubi Strasburni har ikki futbolchini qo'yib yuborishga ko'ndirishi kerak.
Samir El-Murabet «Marsel»ga qarshi o'yinda olgan qizil kartochkasi sababli ikki o'yinga diskvalifikatsiya qilindi.
🚨 Samir El-Murabet «Marsel»ga qarshi o'yinda olgan qizil kartochkasi sababli ikki o'yinga diskvalifikatsiya qilindi. U «Lans» va «Trua»ga qarshi bahslarni o'tkazib yuboradi, ammo «Monako» bilan o'yinga safga qaytadi.