Mbappening yangi butsalardagi debyuti va jarohati haqida fikrlar
Kilian Mbappening yangi butsalardagi debyuti hamda uning jarohati borasida ekspert va jamoadoshlarining fikrlari.
Kilian Mbappe kecha ON butsalarida debyut qildi.
Villanueva (sport jarohatlari bo'yicha ekspert): "Har qanday butsa almashinuvi (qolip, shiplar, qattiqlik, amortizatsiya yoki vaznning o'zgarishi) biomexanika va oyoq panjasi, to'piq, tizza hamda mushaklarga tushadigan yuklamani biroz o'zgartiradi va vaqtincha jarohat olish xavfini oshiradi".
Sherki (Fransiya terma jamoasi yarim himoyachisi): "Mbappe bilan hammasi joyida. Biz u uchun xavotirda edik, ammo keyin hech qanday jiddiy narsa yuz bermaganini ko'rdik. U yanada kuchliroq bo'lib qaytadi — eng muhimi shu".
Lakrua (Fransiya terma jamoasi himoyachisi): "Kiyim almashtirish xonasiga qaytganimizda, Mbappening jarohati biz o'ylagandan ham jiddiyroq ekanini tushundik..."