Simon Collings xabariga ko'ra, Kristos Tsolis "Arsenal" yig'inida jismoniy tayyorgarlik testlarida jamoadoshlari orasida eng yaxshi natijani ko'rsatdi.
Simon Collings xabariga ko'ra, Kristos Tsolis "Arsenal" yig'inida jismoniy tayyorgarlik testlarida jamoadoshlari orasida eng yaxshi natijani ko'rsatib, e'tiborni tortdi.
Ben Uayt:
Kristos ajoyib taassurot qoldirdi. U keldi, barcha testlardan o'tdi va barchadan ustun keldi. U juda tez moslashdi va barchamiz u biz bilan birga ekanligidan xursandmiz.
Simon Collings xabariga ko'ra, Bukayo Saka axill payi bilan bog'liq muammolarga duch kelmoqda, ammo jarrohlik amaliyoti hozircha rejalashtirilmayapti.
Simon Collings xabariga ko'ra, Bukayo Saka axill payi bilan bog'liq muammolarga duch kelmoqda. O'yinchiga jarrohlik amaliyoti kerak bo'lishi mumkinligi haqida taxminlar bo'lgandi, ammo hozirgi vaqtda bunday reja mavjud emas.
Saymon Kollings ma'lumotiga ko'ra, Gabriel, Havertz, Inkapye, Dyokeresh va Martinelli kelasi haftada, Edegor esa avgust boshida mashg'ulotlarga qaytadi.
Simon Collings xabariga ko'ra, "Arsenal" jamoasi dushanba kuni rasman boshlanadigan mavsumoldi tayyorgarlik oldidan ushbu hafta Marbelyada mashg'ulot o'tkazmoqda.
Simon Collings xabariga ko'ra, "Arsenal" jamoasi dushanba kuni rasman boshlanadigan mavsumoldi tayyorgarlik oldidan ushbu hafta Marbelyada mashg'ulot o'tkazmoqda.
Birinchi o'rtoqlik uchrashuvi 1-avgustdan oldin o'tkazilmaydi va katta xorijiy turne rejalashtirilmagan. Bu uzoq davom etgan mavsum hamda jamoa futbolchilarining ko'pchiligi jahon chempionatida uzoqqa borgani bilan izohlanadi.
Itan Nvaneri Turkiya variantini rad etib, Germaniyaga ko'chib o'tishni afzal ko'rmoqda. Unga Dortmundning «Borussiya» hamda «Leyptsig» klublari qiziqish bildirmoqda.
Simon Collings xabariga ko'ra, Itan Nvaneri Turkiya variantini rad etib, Germaniyaga ko'chib o'tishni afzal ko'rmoqda. Futbolchiga Dortmundning «Borussiya» hamda «Leyptsig» klublari qiziqish bildirmoqda.
Saymon Kollings Arsenal jamoasi atrofidagi so'nggi yangiliklar bilan bo'lishdi: Salibaning jarohati, transfer rejalari va futbolchilarning tayyorgarligi haqida.
Saymon Kollingsning yangi hisobotidan qolgan tafsilotlar:
— Saka va jahon chempionatida ishtirok etgan boshqa futbolchilar mashg'ulotlarga qaytishdan oldin kamida uch haftalik ta'tilga chiqishadi.
— Vilyam Salibaga jarrohlik amaliyoti kerak emas, biroq belidagi jarohati sababli u mavsumning dastlabki bir necha oyini o'tkazib yuborishi mumkin.
— Arsenal markaziy himoyachi izlash ishlarini tezlashtirdi. Nomzodlar orasida Ezri Konsa va Jon Stounz bor.
— Kay Haverts allaqachon Bayer bazasida mavsumga individual tayyorgarlikni boshlab yuborgan.
— Gabriel ta'til davrida Braziliyada xayriya o'yinida ishtirok etdi.
— 18 yoshli Elayja Apson mavsumoldi yig'inida asosiy jamoa bilan o'zini ko'rsatish imkoniyatiga ega bo'ladi.
Simon Collings xabariga ko'ra, Uilyam Salibaning jarohati Ben Uaytning kelajagiga ta'sir qilishi mumkin.
Simon Collings xabariga ko'ra, Uilyam Salibaning jarohati Ben Uaytning kelajagiga ta'sir qilishi mumkin, chunki futbolchi jamoani tark etishi mumkinligi haqida mish-mishlar tarqalgan.
Angliyalik futbolchi markaziy himoyachi pozitsiyasida ham o'ynay oladi va zarurat tug'ilganda Salibaning o'rnini bosa oladi.