Ispaniyalik Gabri Veyga va "Portu" darvozaboni Diogu Koshta Portugaliya chempionatining to'rtinchi turi yakunlariga ko'ra shaxsiy sovrinlarga ega chiqishdi.
Ispaniyalik yarimhimoyachi Gabri Veyga ketma-ket ikkinchi turda gol urib, Vizeuda "Portu"ning 3:0 hisobidagi g'alabasida Villiam Gomesga golli uzatma amalga oshirdi va Portugaliya Ligasi talqiniga ko'ra uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi (MVP) deb topildi.
Diogu Koshta o'z faoliyatida yangi rekord o'rnatdi. U ketma-ket yettita o'yinda darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. "Portu" sardori chempionatdagi navbatdagi "quruq o'yin" uchun "Clean Sheet" mukofotiga loyiq ko'rildi.