Barselona Kristian Romeroni nishonga oldi
Xavi Jorjetti xabariga ko'ra, «Barselona» markaziy himoyachi Kristian Romeroni o'z safiga qo'shib olishni rejalashtirmoqda.
🚨 Xavi Jorjetti xabariga ko'ra, «Barselona» markaziy himoyachi transferi bo'yicha hal qiluvchi qadam tashlashga tayyor.
Kristian Romero «Atletiko Madrid» va «Inter» qiziqishiga qaramay, kataloniyaliklar uchun asosiy nomzod bo'lib turibdi.
Xansi Flik Ronald Arauxo o'rnini bosadigan yangi markaziy himoyachi sotib olishni istamoqda.