Tottenham joriy mavsumda antirekord takrorladi
«Tottenxem» joriy mavsumda Premer-ligadagi eng yomon startini takrorladi. Klub 2008/09 yilgi mavsumdagi antirekordga yaqinlashib qoldi.
📉 Besh turdan so'ng, hozirgi «Tottenxem» Premer-ligadagi ochkolar soni bo'yicha klub tarixidagi eng yomon startini takrorlamoqda.
🗓️ 2008/09 yilgi mavsumda vaziyat yanada og'irroq edi: sakkiz turdan so'ng jamoa atigi 2 ochko jamg'argan, shundan so'ng Xuande Ramos bosh murabbiy lavozimini tark etgandi.
🔄 Uning o'rnini Xarri Rednapp egalladi. Uning qo'l ostida «shporlar» turnir jadvalining quyi qismidan chiqib ketishga muvaffaq bo'lishdi va mavsumni 51 ochko bilan 8-o'rinda yakunlashdi.