#Teddi Sheringem — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

Teddi Sheringem Karlos Baleba haqida fikr bildirdi

Teddi Sheringem Karlos Baleba haqida fikr bildirdi

Sobiq futbolchi Teddi Sheringem «Manchester Yunayted»ning yangi futbolchisi Karlos Baleba borasida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

🗣️ Teddi Sheringem — Karlos Baleba haqida:

Men hali Baleba borasida to'liq ishonch hosil qilganimcha yo'q. Biz uning «Manchester Yunayted» kabi bosim ostidagi klubda qanday o'ynashini hali ko'rmadik, shuning uchun u haqida haqiqiy xulosa chiqarish uchun taxminan olti oy vaqt kerak bo'ladi.
Jamoaga ikki-uch nafar yangi futbolchi kelganida, ulardan asosiy tarkibda o'ynash kutilayotganini tushunasiz. Masalan, Yuri Tilemans haqida hamma juda yuqori fikrda, shuning uchun u darhol tarkibga kirishi kutilgan edi — shunday ham bo'ldi.
Balebaga kelsak, hozirda Kobbi Maynu o'ynayotganini hisobga olsak, unga o'z imkoniyatini kutishga to'g'ri kelishi mumkin. Ammo imkoniyat tug'ilganda, undan yuz foiz foydalanish kerak bo'ladi.

O'ng ustun yangiliklari

Hozircha yangilik yo'q.