Kodi Gakpo transferi bo'yicha vaziyat oydinlashdi
Niderlandiyalik jurnalist Yost Blauxof «Liverpul» va «Tottenxem» o'rtasidagi muzokaralar hamda Kodi Gakponing kelajagi haqida ma'lumot berdi.
Niderlandiyalik jurnalist Yost Blauxof xabariga ko'ra, «Liverpul» va «Tottenxem» o'rtasida hozirda hech qanday muzokaralar olib borilmayapti.
Bredli Barkolya «Enfild»ga o'tmagunicha, Gakpo bo'yicha kelishuv ehtimoli nolga teng.
Barcha tomonlar vaziyatdan xabardor. Agar fransiyalik futbolchi «Liverpul»ga o'tsa, hammasi Kodining o'ziga bog'liq bo'ladi.