Andoni Iraola o'yindan so'ng quyidagilarni ta'kidladi:
Natijaning ahamiyati haqida: «Bu ajoyib, bizga g'alaba kerak edi, bizga darvozaning daxlsizligi kerak edi. Biz juda kuchli boshladik, ammo ikkinchi taym menga unchalik yoqmadi. Shunga qaramay, raqibda ko'plab real vaziyatlar bo'lgan deb o'ylamayman».
Isak haqida: «U biz uchun eng muhim o'yinchi va u o'z gollarini uradi. Biz u bilan ishlayotgan narsa — u raqamlar va gollardan tashqari boshqa jihatlarda jamoaga qanday yordam berishi kerakligi».
Tezkor qarshi hujumlar haqida: «Bu jarayonning bir qismi. To'pni qaytarib olishimiz bilan oldinga qaraymiz. Bu hujumchimizga gollarga aylantira oladigan vaziyatlarni yaratib berishning eng yaxshi yo'li».
Jak va VVD haqida: «Har bir markaziy himoyachi uchun Virjil yonida o'ynash — bu baxt va noyob tajriba. Jeremi dastlabki ikki o'yinni to'liq o'tkaza olmadi, bugun ikkinchi taymda shubhalarim bor edi, ammo biz unga sariq kartochkaga qaramay, konditsiyalarini tiklash va bu tajribani olishi kerak deb qaror qildik. U tajriba orttiradi va sheriklari bilan o'zaro tushunishni yaxshilaydi».
Mak Allister haqida: «Juda aqlli o'yinchi, pozitsiya tanlashda juda savodli. Bugun u ajoyib o'yin ko'rsatdi».
Barkolya haqida: «U uchun yaxshi va muhim daqiqalar, qarshi hujumda pas bergan vaziyatida ajoyib yakuniy qaror. Uning to'p bilan o'zini ishonchli his qilayotganini ko'ryapmiz va bu muhim. Bu uning JChdan keyingi ilk daqiqalari, shuning uchun biz u bilan ehtiyotkor bo'lishimiz kerak».
Gakpo haqida: «Kodi borasida menda hech qanday shubha bo'lmagan. Juda yaxshi mavsumoldi tayyorgarligi, mavsumning juda yaxshi boshlanishi. U o'yinni hujum markazida yakunladi va u biz bilan ekanligidan juda xursandman, chunki u hujumning barcha uch pozitsiyasida o'ynay oladi».
Gakpo va vingerlar haqida yana: «U biz uni qanchalik qadrlashimizni biladi, bunda hech qanday shubha yo'q. Men uni juda yuqori baholayman. Albatta, unga qo'yiladigan talablar yuqori, uni daqiqalar uchun og'ir kurash kutmoqda, ammo bu pozitsiyalardagi barcha o'yinchilarga tegishli. Men ularning bu kurashda yaxshilanib borishini kutaman. Bredli, Rio, Viktor, Kodi. Ba'zida asosiy tarkibda birlari, ba'zida boshqalari chiqadi, ba'zida esa zaxiradan maydonga tushishadi. Ammo men tarkibda raqobat bo'lishini istayman, bu ularning barchasini kuchliroq, jamoamizni esa yaxshiroq qiladi».
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!